“Zahriddin Muhammad Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

0
1157

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabussi bilan Chirchiq garnizonidagi harbiy qismda Toshkent viloyatidagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining harbiy qismlardagi yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Zahiriddin Muhammad Bobur — umumarmiya yoshlari nigohida” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda Toshkent harbiy okrugi, Toshkent viloyati, Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi va Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi jamoalari ishtirok etdi.

Jamoalar 3 shart bo‘yicha o‘zaro belashdilar. Qiziqarli va muhakomalarga boy tarzda o‘tgan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar xay’ati tomonidan oqilona baholanib borildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi jamoasi birinchi, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent harbiy okrugi jamoasi esa uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

G‘oliblar jamoalar O‘zbkiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan dimlom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati