Qurolli Kuchlar akademiyasida respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi

0
1280

Qurolli Kuchlar akademiyasida ofitserlarning mustaqil ravishda harbiy-nazariy tadqiqotlarni olib borishi hamda harbiy xizmatning dolzarb muammolarini tadqiq etish ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida “Zamonaviy harbiy nizolarda batareyaga qarshi kurashni olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda akademiya shaxsiy tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Artilleriya boshqarmasi ofitserlari, artilleriya harbiy qism va bo‘linmalar ofitserlari hamda kursantlar videoaloqa shaklida ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan moderatorlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi artilleriya qo‘shinlarining hozirgi holati va istiqbollari, Batareyaga qarshi kurashni olib borishning retrospektiv asoslari, nizolarda artilleriya razvedkasining o‘rni, yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilarni qo‘llash tajribalari xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.

Maʼruzalar yakunida ishtirokchilar respublika ilmiy konferensiyasi materiallari yuzasidan savol-javob hamda oʻzaro fikr almashdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti