Harbiy xizmatchilar bilan individual psixologiya bo‘yicha yig‘in o‘tkazilmoqda

0
888

Markaziy harbiy okrugining Jizzax va Samarqand garnizonlarida harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish tartibini belgilash yuzasidan uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Yig‘inda Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi, garnizonlardagi harbiy qism qo‘mondonliklari, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari,  tibbiyot xizmati xodimlari, harbiy psixologlar, barcha pog‘onadagi komandirlar va yo‘riqchi serjantlar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan uslubiy yig‘inda asosiy e’tibor individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning asosiy usul va shakllaridan amaliy foydalanish, shaxsiy tarkibni yakka tartibda o‘rganish borasida faoliyat samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini doimiy nazoratga olib boorish ham nazarda tutilgan.

Yig‘in Kattaqo‘rgon va Navoiy garnizonlarida davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati