Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

0
664

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Nuriston garnizonida joylashgan harbiy qismda kengaytirilgan sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Qarshi harbiy prokuraturasi, tuman hokimligi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, tuman xalq ta’limi bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish markazi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi vakillari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolaridagi mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda murojaatlarning katta qismi uy-joy, kredit, farzandlarining maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish kabi masalalar bo‘ldi.

Mutaxassislar tomonidan barcha qilingan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha ishlar olib borildi. Albatta, bu kabi tadbirlar yurt himoyachilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan birga, aholining ma’lum bir masalada davlat idoralariga qatnash muammosiga barham beradi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati