Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

0
1171

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishi bilan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Saidov Aybek Azadovich Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

General-mayor Saidov Aybek Azadovich 2017-yil oktabrdan beri Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Polkovnik Farrux Nartojiyevich Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni etib tayinlandi.

Farrux Nartojiyevich ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Polkovnik Buzrukov Lutfullo Yusupovich Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Lutfullo Buzrukov 2018-yil yanvardan beri Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.