Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy videokonferensiya

0
539

Buyuk shoir va mutaffakir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi harbiy xizmatchilarning milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi.

Uning asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi hamda latofati bilan namoyon etib, ko‘plab adabiyot oshuftalari ko‘nglidan mustahkam o‘rin olgan.

So‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan barcha oliy harbiyta’lim muassasalari ishtirokida “Alisher Navoi ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida onlayn ilmiy-ma’rifiy videokonferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, professor o‘qituvchilari hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali ilmiy kengash kotibi, filologiya fanlari nomzodi Abdurahmon Primqulov hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti Musajon Tojiboyev ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlagan maqsad Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy g‘oyalar orqali harbiy xizmatchilarning intellectual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek, buyuk mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini yaanada chuqur o‘rganish hamda keng targ‘ib etishdir.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti