Garnizonlarda “Balli ayollar” ko’rik tanlovining dastlabki bosqichi o’tkazildi

0
984

Oila tinchligi – jamiyat farovonligi asosi. Ma`lumki, jamiyatning muhim bo`g`ini bo`lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo`lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin.

Shu jihatdan, Mudofaa vazirligi miqyosida oila qo`rg`onining mustahkamligi va unda ma`naviy jihatlarning shakllanishi uchun an’anaviy tarzda turli ko’rik tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda.

Samarqand garnizoni
Samarqand garnizoni
Samarqand garnizoni

Har yili mart oyida Respublika bosqichi o’tkazilishi rejalashtirilgan “Men namunali oila bekasiman” shiori ostida “Balli ayollar” ko’rik-tanlovining dastlabki bellashuvlari o’tkazilib, okrug bosqichi uchun oila bekalari saralanmoqda.

Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida musobaqaning dastlabki bosqichlari Markaziy harbiy okrugining barcha garnizonlaridagi harbiy qismlarda yuqori savida tashkil etilib, namunali oila bekalari adolatli tarzda saralab olindi.

Navoiy garnizoni
Navoiy garnizoni
Navoiy garnizoni

Ushbu ko’rik-tanlovda harbiy xizmatchilarning turmush o’rtoqlari “Men na’munali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip o’tmasa…”, “Bahru  bayt” kabi shartlarni nafosat va zukkolikni ko‘rsatishgan bo‘lsa, “Biz To’maris izdoshlarimiz” shartida “To’maris” rolini talqin etib tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldilar.

Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni
Jizzax garnizoni

Yakuniy natijalarga ko‘ra yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar aniqlanib, bellashuvning okrug bosqichiga yo‘llanma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati