Muborakda batalyon komandirlari ishtirokida yig‘in boshlandi

0
2063

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Muborak tumanida joylashgan harbiy qismda okrug batalyon (divizion) komandirlari va ularning oʻrinbosarlari bilan uch kunlik komandirlik yigʻiniga start berildi.

Unda ishtirokchilarning jangovar tayyorgarlik tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish boʻyicha nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini oshirish, yaqin davr oraligʻida boʻlib oʻtgan qurolli mojarolar va lokal urushlar tahlilidan kelib chiqqan holda ehtimoliy dushmanning jangovar harakatlar olib borish tajribalarini oʻrganish kabi lavozimlari boʻyicha bilim darajalarini takomillashtirish maqsad qilingan.

Dastlab, ishtirokchilar saf maydonida jamlanib, ularga okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari tomonidan yigʻin maqsadi yetkazildi. Shundan soʻng, batalon komandirlari va ularning oʻrinbosarlari tadbirga qay darajada tayyorgarlik koʻrganliklari saf koʻrigi jarayonlarida birin-ketin tekshirildi.

Shuningdek, oʻquv-uslubiy yigʻinda boʻysunuvchi boʻlinmalarni oʻqitish va tarbiyalashda zamonaviy tajribalarni targʻib etish ham nazarda tutilgan. Bunda okrug boshqaruv apparatining malakali ofitserlari tomonidan nazariy va amaliy mashgʻulot jarayonlari jadval asosida rejalashtirilgan.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati