“Balli ayollar” koʻrik tanlovining okrug bosqichi gʻolibi aniqlandi

0
1473

Jamiyatning ajralmas qismi sanaladigan namunali oilani shakllantirish, oila qoʻrgʻonidagi muhitni yanada mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yangi bosqichlarga koʻtarish, namunali oilaning meʻzonlarini belgilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy oilalarning tinchligi, farovonligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator ishlar olib borilayotgani hozirda barchaga ayon. Shu kabi targ‘ibot tadbirlari orasidan harbiy xizmatchilar oilalari o‘rtasida turli ko‘rik tanlovlarni o‘tkazish ham o‘rin olgan.

Bugun, 4-fevral kuni Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari harbiy qism va muassasalaridagi harbiy xizmatchilarning oilalarida sogʻlom muhitni barqarorlashtirish, kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalash hamda ularning harbiy oilada xos sifatlarini targʻib qilish maqsadida okrug maʻnaviyat va maʻrifat markazida “Men namunali harbiy oila bekasiman” shiori ostida “Balli ayollar” koʻrik tanlovining okrug bosqichi o‘tkazildi.

Unda garnizon bosqichida gʻolib boʻlgan sakkizta jamoa ishtirok etdi. Koʻrik tanlov ishtirokchilari “Men namunali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip oʻtmasa”, “Bahri bayt”, “Biz Toʻmaris izdoshlarimiz” shartlarida o‘zaro bellashib, o‘zlarining zukko va chaqqon ekanliklarini namoyish etdilar.

Yakuniy natijalariga koʻra, Fargʻona garnizoni Quva tumanidagi harbiy qism harbiy xizmatchining oilasi Shaxnozaxon Muhammadova ko‘rik tanlov g‘olibi deb topildi va okrug qoʻshinlari qoʻmondonining qimmatbaho sovgʻasi hamda Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan boshqa oilalar ham turli nominatsiyalar boʻyicha alohida taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati