Sirdaryo hokimi harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

0
1680

Sirdaryo viloyatida harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi. Unga Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov hamrohlik qildi.

Viloyat hokimi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarni e’tirof etdi. 

Shundan soʻng okrug qoʻshinlari qoʻmondoni rahbarligida 2023-yilda harbiy-maʼmuriy sektor bilan hamkorlikda amalga oshirish kerak boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Xususan, 2023-yilda harbiy-maʼmuriy sektor tomonidan ajratilgan mablagʻlardan 80 dan ortiq umumtaʼlim maktablaridagi chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv sinflarini zamonaviy targʻibot-tashviqot stendlari bilan jihozlash, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazi hududida 120 oʻrinli yotoqxona va oshxona binolarini qurish ishlarini davom etirish masalasi ko‘tarilgan. Shuningdek, izmat vazifasi bajarish vaqtida halok boʻlgan sirdaryolik mard oʻg‘lonlarning oʻzi oʻqigan maktabiga harbiy xizmatchining nomini abadiylashtirish uchun uning byustlari oʻrnatish kabi vazifalar belgilab olingan.

Yigʻilishdan koʻzlangan maqsad — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi. Viloyatdagi mahallalar yoshlari oʻrtasida harbiy xizmatchilar bilan doimiy ravishda muddatli turli musobaqalar oʻtkazish, harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati