G’olib merganlar munosib kutib olindi

0
591

Joriy yilning 30-yanvaridan 2-fevraliga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida pnevmatik qurollardan oʻq otish sporti boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqa natijalariga koʻra, o‘zbekistonlik merganlar bittadan oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

Quvonarlisi, mamlakat terma jamoasi takibida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Setora Ergashbaeva 10 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan otish mashqida musobaqaning kumush medal bilan sovrindorlar qatoridan joy oldi. Erkaklar oʻrtasida xuddi shu yoʻnalishda hamyurtimiz Muhammad Kamolovga teng keladigan raqib topilmadi. Mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan har ikkala sportchimiz jahon reytingidagi mavqelarini mustahkamladi.

3-fevral kuni oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni qutladi.

 

Asror Ro‘ziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti