“Obyektlarni ishonchli qo‘riqlashda zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalarining o‘rni va roli”

0
1257

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Ob’ektlarni ishonchli qo‘riqlashda zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalarining o‘rni va roli” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy seminar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV harbiy tuzilmalari boshqaruv apparati, harbiy tuzilmalarning faoliyatini ta’minlash bazasi, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi Chegara qo‘shinlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish fakultetining malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda davlat ahamiyatiga ega strategik toifalangan, tartibotli ob’ektlarni ishonchli qo‘riqlashda texnik vositalarning o‘rni, mavzu doirasidagi dolzarb muammolar va ularning yechimi borasida fikr yuritildi. Yakunda ishtirokchilar ma’ruzachilarga murojat qilib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Podpolkovnik Tursunali JABBAROV,

podpolkovnik Jasur RAXMATOV
Qurolli Kuchlari akademiyasi
katta o‘qituvchilari