Harbiy qism tashkil topgan kun keng nishonlandi

0
1030

Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismlardan birining tashkil etilgan sanasiga bag‘ishlangan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy xizmatchilarning ayrimlariga navbatdagi harbiy unvonlarning topshirilishi yig‘ilganlar uchun bayram shukuhini ikki karra oshirdi.
– Navbatdagi harbiy unvonni menga ishonch bilan topshirgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Vatanim oldidagi burchim va mas’uliyatimning naqadar yuksakligini his qilgan holda, bor kuch-g‘ayratimni kelajak avlodning Vatanga sadoqat ruhida kamol topishida bor kuch g‘ayratimni ayamayman, – dedi podpolkovnik harbiy unvoniga ega bo‘lgan Akmal A’zamjonov.

Tadbirda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, faxriylar kengashi a’zolari, harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir so‘ngida mas’ullar tomonidan ilg‘or harbiy xizmatchi va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sherzod ShARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti