Nukus garnizonida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

0
646

Yoshlar millatning, davlatning ertangi kunini belgilovchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu sabab ham bugun mamlakatimizda ertamiz egalariga qulay va zarur sharoit yaratish, jamiyatda oʻz oʻrinlariga ega boʻlishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Bu boradagi fikrlar Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug Nukus garnizonining eng olis harbiy qismlarning birida oʻtkazilgan “Prokuror va yoshlar” uchrashuvida ham alohida taʼkidlandi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yigitlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Nukus harbiy prokurori adliya polkovnigi Shuhrat Zoirovdan batafsil javoblar oldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy armiyamiz saflarini har tomonlama toblangan, jangovar shayligi yuqori, proffesional harbiy kadrlar bilan butlashga qaratilgan chora-tadbirlar, muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi, shartnoma asosida xizmatda qolish va boshqa masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Albatta, qayerda qonun ustuvorligi toʻliq taʼminlansa, shu joyda rivojlanish va oʻsish boʻladi. Mazkur tadbir ham muddatli harbiy xizmatchilarni huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Katta leytenantlar Shohrux Saidov va Orif Mamajonov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti