«Eng ilg‘or jangovar vzvod» tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi

0
950

Qo‘shinlarda shaxsiy tarkib jipsligi, hamjihatligi va bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash sifatlarini oshirish, vzvod shaxsiy tarkibi shijoati, mardligi hamda matonatini yanada mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek “Jangovar vzvod yili” shiori ostida vzvodlarning har tomonlama professionalligini, jang olib borish qobiliyati va shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida Sharqiy harbiy okrugda “Eng ilg‘or jangovar vzvod” tanlovining yakuniy, Mudofaa vazirligi  bosqichiga start berildi.

Farg‘ona garnizonida joylashgan harbiy qismlarda vzvodlar shaxsiy tarkibi ushbu tanlovda ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari musobaqaning shartlari bilan tanishtirib, ishtirokchilarga omad tiladi.  Shundan so‘ng ishtirokchilar saf ko‘rigidan o‘tib, harbiy anjomlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tanlov jarayonlarini birgalikda kuzatib boramiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati