Harbiy qism boshlang‘ish tashkilotlari yetakchilari ishtirokida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi

0
694

Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tashabbusi bilan Nurafshon shahrida Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, viloyatdagi harbiy qism boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari uchun oʻquv-uslubiy seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Prezidentining yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida imzolangan qaror va farmoni ijrosi, shuningdek, boshlangʻich tashkilot yetakchilari tomonidan harbiy qismlarda yoshlarni harbiy vatanparvrlik ruhida tarbiyalashda 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar toʻgʻrisida hisobot tinglandi.

Seminar davomida Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi vakillari harbiy qismlarda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglatish bo‘yicha olib borilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashdi. 

Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash borasida Qurolli Kuchlar tizimida juda keng qamrovli islohotlarni olib borishda harbiy qismlardagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari ham samarali ishlarni amalga oshirayotganligi toʻgʻrisida ma’lumot berildi.

Tadbir soʻngida Oʻzbekiston yoshlar ittfoqi Markaziy kengashi tomonidan harbiy qismdagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati