Shohruh Baxtiyorov jahon chempionati sovrindori!

0
365

Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng og‘ir (+100 kg) vazn toifasida yurtimiz sharafini ikki dzyudochimiz himoya qilayotgani haqida xabar bergan edik.

Hozirgina ularning har ikkisi ham musobaqaning bronza medallari uchun tatamiga chiqishdi. Shohruh Baxtiyorov slovakiyalik Marius Fizelni mag‘lubiyatga uchratdi va jahon chempionati sovrindoriga aylandi.

Afsuski, Bekmurod Oltiboyev finlyandiyalik Martti Puumalaynenga yutqazib qo‘ydi. Aynan shu dzyudochini Baxtiyorov chorak finalda taslim etgan edi. -70 kg vaznda kurashgan tajribali dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova ham bronza medali uchun bo‘lib o‘tgan bellashuvda braziliyalik Froner Santanaga yutqazib qo‘ydi.