Harbiy ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

0
1486

Mudofaa vazirligi harbiy ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uni Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi, Harbiy ilmiy kengash raisi general-mayor Shuxrat Xalmuhamedov olib bordi.

Oʻtgan yigʻilishlarda ilmiy va innovatsion faoliyatga doir bir qancha vazifalar belgilab olingandi, yigʻilish davomida ularning ijrosi va erishilgan natijalar tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi. Zero, bugungi jadal oʻzgarishlar davrida harbiy sohada ilm-fan va innovatsiya uygʻunligi zamonaviy armiya takomillashuvi omili hisoblanadi.

Borgan sari dunyo armiyasi yangicha tusga kirib bormoqda. Bugungi harbiy xizmatchilar uchun jismonan baquvvat, jangovar shaylikning oʻzi yetarli emas. Harbiy xizmatchi shu bilan birgalikda intellektual yetuk, maʼnaviy yuksak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan “qurollangan” boʻlishi shart.

Shu maʼnoda yurtimizdagi harbiy ilmiy salohiyat dunyo Qurolli Kuchlari orasida saralar ichra sara boʻlishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harbiy ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, sohani yanada jadallashtirish borasida taklif va tavsiyalar berildi, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti