Xorijlik mutaxassislar ishtirokida trening oʻtkazildi

0
909

Xorijiy tilni bilish muhim, albatta. Ammo mutaxassis sifatida chet ellik oʻz kasbining ustalari bilan muloqotga, munozaraga kirishish undan ham aʼloroq ish. Shu maʼnoda Buyuk Britaniyaning Sandxyorst Qirollik harbiy akademiyasi katta oʻqituvchilari doktorlar An Yakobs, Tim Arter, Garet Brumfild tomonidan oʻtkazilgan trening ishtirokchilarining saʼy-harakati har qancha tahsinga loyiq.

 

Inson pixologiyasi, liderlik qobiliyati, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, xalqaro huquq meʼyorlariga bagʻishlangan maʼruzalarga amaliy mashgʻulotlar bilan hamohang tarzda olib borildi. Trening ishtirokchilari turli shartli qarama-qarshilik va nizolarni muzokaralar, xalqaro vositachilik orqali tinch yoʻl bilan hal qilishni amaliy mashgʻulotlarda sinab koʻrdilar.

Besh yildan buyon harbiy xizmatdaman. Oʻtgan yillar davomida Samarqand davlat universitetining psixologiya fakultetida olgan bilimlarimni koʻp bora amaliyotda sinash imkoniyati boʻldi. Birinchi marotaba bunday xalqaro treningda qatnashishim. Bu menga bilim, tajriba va koʻnikmalarimni yana bir bor sinab, ularni mustahkamlash imkoniyatini berdi, – deydi leytenant Azizbek Umarov.

4 kun davom etgan trening mashgʻulotlari soʻngida Buyuk Britaniya elchixonasi Mudofaa masalalari boʻyicha attashesi Alan Xayton ishtirokchilarga tantanali tarzda sertifikatlar topshirdi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti