Toshkent harbiy okrugi tashkil topgan sana nishonlandi

0
1416

Tug‘ilgan kunlar, qutlug‘ sanalar qachon va nima uchun keng miqyosda nishonlanadi? Qachonki o‘sha inson yoki tashkilot, muassasaning ko‘pchilikning oldida yuzi yorug‘ bo‘lsa, muvaffaqiyatlari ko‘p bo‘lsa, albatta. Toshkent harbiy okrugi tashkil etilganining 22 yillik tantanasi ham keng nishonlandi. Harbiy okrug bu sanani ko‘plab muvaffaqiyatlar bilan qarshi oldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov ham qo‘lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etib, barcha Vatan himoyachilari bu dargohda xizmat qilgan ko‘plab ulug‘ safdoshlariga munosib voris bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Keling, shu o‘rinda e’tiroflar haqida qisqacha to‘xtalib o‘taylik.

“ArMI – 2022” xalqaro musobaqada vazirlik jamoasi tarkibida 56 nafar harbiy okrug harbiy xizmatchisi ishtirok etib, (12 ta 1-o‘rin, 33 ta 2-o‘rin va 11 ta 3-o‘rin)larni qo‘lga kiritishdi. Vazirlik miqyosida “Men g‘olib” shiori ostidagi musobaqalarda 15 ta nominatsiya bo‘yicha 186 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etib, 9 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallar bilan umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni, ilk marotaba “Amir Temur jangovar bayrog‘i uchun” 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilgan musobaqaning 3 ta yo‘nalishida birinchi (A.Temur tuzuklari, kitobxonlik, chavandozlik), bitta yo‘nalishida ikkinchi (tosh ko‘tarish) egallab, mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ilk marotaba “Dovyurak jangchi” ko‘krak nishoni uchun o‘tkazilgan sinovlarda 31 nafar harbiy xizmatchining barchasi taqdirlandi. So‘nggi 4 yil mobaynida barcha harbiy qism va muassasalar qurilish va kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Okrug tashkil topgandan beri 110 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Tadbir davomida shu paytga qadar erishilgan yuksak natijalarga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan harbiy xizmatchilar taqdirlandi.

Kapitan Aziz NORQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar depar
tamenti