Xalq va armiya — bir tan-u bir jon

0
776

Xabaringaz bor, havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan yurtimizda harbiy dala oshxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Yunusobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonasida ham fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Ularning vaqtni mazmunli oʻtkazishlari uchun kitoblar, koʻngilochar vositalar, shaxmat-shashka oʻyinlari ham tashkil etilgan.

Shuningdek, sogʻligida muammosi boʻlgan fuqarolarga harbiy shifokorlar tomonidan tibbiy koʻriklar yo‘lga qo‘yilmoqda. Uyda yolgʻiz yashayotgan qariyalarning holidan xabar olinib, ularga issiq ovqat va tibbiy xizmat koʻrsatilyapti.

Bundan tashqari, Jizzax shahridagi “Ittifoq” va “Madaniyat”, Sharof Rashidov tumanining “Saroyli” va “Ziyokor” mahallalarida, Samarqand shahrining “Kimyogarlar” va “Sarteppo” qo‘rg‘onlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi “Langar”, “Uchqaro”, “Mirdosh” Qiziltepa tumanidagi “Furqat” mahalla va qishloqlarida ham yoyilgan harbiy dala oshxonalarida har kuni uch mahal taom tayyorlanib, issiq choy va shirinliklar ulashilmoqda.

Mehr-sahovat ulashish va yurtdoshlarimizning dardli kunlarida yelkama-yelka turib, saxovatpeshalik kabi oliyjanob hislatlar ko‘rsatish insoniy fazilat hisoblanadi.

Markaziy harbiy okrug hududida yoyilgan ushbu harbiy dala oshxona punktlarini ovqat tayyorlash bilan birga, uni tanovvul qilish va isinish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yartilgan.

Bunday eʼtibor va gʻamhoʻrlikdan ruhlangan vatandoshlarimizning kayfiyati koʻtarilib “Xalq va armiya, bir tanu bir jon” ekanligiga guvoh bo‘lib, yurtimizga tinchlik so‘rab qo‘llarini duoga ochmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti