Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarga yangi xizmat uylari topshirildi

0
1287

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan ham bayram arafasida harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirish marosimlari o‘tkazilmoqda, Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyatida 60 nafardan ortiq harbiy xizmatchi yangi zamonaviy turar-joyga ega boʻldi. 

Xizmat uylarini topshirish marosimida okrug qoʻmondonligi, Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahar hokimligi vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Soʻz olganlar barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, yangi xonadonlar egalariga farovon hayot tiladilar.

Shu kuni yangidan qurib bitkazilgan 16 qavatli uyning 64 ta xonadoni harbiy xizmatchilar uchun ajratilib, xonadon kalitlari oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Oilasi, farzandlari bilan xizmat qilayotgan hududda yonma-yon yashash imkoniyati harbiy xizmatchilarni yanada ruhlantirishi barobarida oʻz burchiga sadoqatni, Vatanga mehru-muhabbatni kuchaytirdi.

Ta’kidlash kerakki, xonadonlarda uy bekalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday gʻamxoʻrlik xizmatni namunali, sidqidildan ado etishda ahamiyat kasb etadi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati