Qoʻl jangi birinchiligi oʻtkazildi

0
838

Anʼanaviy tarzda har yili tashkillashtirilib kelinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida qoʻl jangi birinchiligi o‘tkazildi.

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu sport musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi qoʻl jangi ustalari gʻoliblik uchun bahsga kirishdi.

Havaskor sportchilar turli vazn toifasida kurashish asnosida oʻzlarining jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida Prezident Davlat xavfsizlik xizmati birinchi, Milliy gvardiya ikkinchi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Kelgusi yil ushbu sport musobasiga mezbonlik qilishni anglatuvchi ramziy bayroq Mudofaa vazirligiga topshirildi.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti