“Vatan madhi” – harbiy xizmatchilarning ijod mahsuli o‘rin olgan kitob!

0
619

Markaziy harbiy okrugning madaniyat va ma’rifat markazida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarida she’riyatga qiziquvchi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijod na’munalarini umumlashtirib, markazlashgan holda chop etilgan “VATAN MADHI” nomli she’riy kitobning taqdimot kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassislari, yozuvchi, shoir va adabiyotshunos olimlar, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Unda so‘z olganlar harbiy xizmatchilarning sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilish bilan birga she’riyatga ko‘ngil qo‘yib ijod qilayotganligi milliy armiyamiz o‘g‘lonlari salohiyati har tomonlama rivojlanayotganligidan dalolat berishini takidlashdi. Shuningdek, ushbu kitobdan o‘rin olgan 4 nafar harbiy xizmatchi hamda bir nafar harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘ining ijod namunalarini yuqori baholab, kelgusi ijodlarida ulkan muvofaqqiyatlar tilandi.

Shundan so‘ng mazkur “VATAN MADHI” nomli she’riy kitob unda ijod namunalari aks etgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida yozuvchi, shoir, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining she’riy chiqishlari va harbiy orkestr ijrosidagi kuy qo‘shiqlar kuylandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati