Ustozlar o‘giti – yuksak kelajak asosi

0
774

Qarshi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Avlodlar uchrashuvi “nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, Qarshi tumani mudofaa ishlar bo‘limi, harbiy faxriylar hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi va maktab jamoasi ishtirok etdi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga, xalqimizga bo‘lgan sadoqatini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yoshi ulug‘ insonlar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro suhbatlar o‘tkazildi.


Tadbirda ko‘p yillik tajribaga ega faxriylar tomonidan yig‘ilganlarga tinchlik-osoyishtalik bebaho ne’mat, uni qadriga etish va asrab-avaylash yo‘lida mardonavor harakat qilish lozimligi tushuntirib o‘tilgan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z ijod namunalari bilan mehmonlarning dillarini xushnud etdi.
Harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda orkestr ijrosidagi ko‘tarinki kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinkilik ulashdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati