Samarqandda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
606

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi munosabati bilan “Milliy armiya — Yangi O’zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida Samarqand shahar yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand harbiy prokuraturasi, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olganlar Qurolli Kuchlarimiz tashkil topgan kundan boshlab bugungi kunga qadar amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, yoshlarning fan, ta’lim, sport, madaniyat sohalaridagi yutuqlari ham sezilarli darajada ko‘payganini ta’kidlab, bu kabi iqtidorli yoshlarni harbiy xizmatchilar doimo qo‘llab-quvvatlashga shayligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zalarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, olgan javoblaridan o‘zlariga kuch va g‘ayrat, o‘z ishiga shijoat va fidoyilik kabi hislarni uyg‘otgan bo‘lsa ajab emas. Bundan tashqari, tadbirda bir guruh iqtidorli yoshlar qimmatbaho sovg‘alar va badiiy adabiyotlar to‘plami bilan taqdirlandi.

Uchrashuvdan so‘ng, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, hamda zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan tanishuv jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati