Buxorolik yoshlar Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif buyurdi

0
557

Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarining 200 nafardan ziyod yoshlari uchun Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tashrif davomida oʻquvchi yoshlar maskanda yaratilgan sharoitlar, jumladan, oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, trenajorlar, modellashtirish va simulyatsiya usullaridan foydalanib kelinayotgan sinf xonalari, axborot-resurs markazi, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinflari, kursantlarning yashash sharoitlari hamda bilim yurtining “Shon-sharaf” muzeyi bilan yaqindan tanishtirildi.

Shundan soʻng yoshlar va kursantlar bilan bilim yurti madaniyat markazida uchrashuv tashkil etilib, tadbir davomida milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar, Oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

Bilim yurti yosh harbiy orkestr jamoasi tomonidan “Yuraklarda joʻsh urgan Vatan madhi” nomli konsert dasturi namoyish etilib, yoshlarga xushnudlik ulashildi. Soʻngra Harbiy havo kuchlari faoliyati aks ettirilgan film va roliklar namoyish etilib, bilim yurti bukletlari tarqatildi. Yoshlar Buxoroga bir olam quvonch va tassurotlar bilan qaytishdi.