Hech kim mehrdan chetda qolmaydi

0
743

“Vatanparvarlik oyligi” va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining oila a’zolari holidan xabar olindi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar faxriylar kengashi raisi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan podpolkovnik Abduvoxid Ulashev, mayor Shavkat Mirzaev, kapitan Baxrom Jo‘raev, mayor Muxtorjon Bozorov kabi harbiy xizmatchilarning oila a’zolari xonadonlariga tashrif buyurildi.

Ularga mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan moddiy yordam pul mablag‘larlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Mehriddin Quchqarov, podpolkovnik Jahongir Qalandarov, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Yashnobod va Yunusobod tumanlari mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari xizmat burchini bajarish vaqtida nogiron bo‘lib qolgan harbiy pensionerlar polkovnik Rustam Saidov hamda polkovnik Akmal Sattarovrov holidan xabar oldi. Ularga ham mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan moddiy yordam pul mablag‘lari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti