Shimolda kapital taʼmirdan chiqqan yana bir obyekt foydalanishga topshirildi

0
704

Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga bagʻishlab mamlakatimizning eng olis hududida joylashgan harbiy qismlarning birida kapital taʼmirdan chiqarilgan jangovar texnikalarni saqlash parkining foydalanishga topshirilishi harbiy qism jamoasi uchun oʻzgacha bayram sovgʻasiga aylandi.

Tantanali tadbirdan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, harbiy xizmatchilar hamda haydovchilar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar, yillar davomida taʼmirtalab holatga kelib qolgan ushbu obyekt, harbiy, jangovar va maxsus texnikalarni saqlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, umuman olganda texnikalarni tabiiy iqlim sharoitlaridan asrab-avaylashda qator muammolar mavjud boʻlganini taʼkidlab oʻtishdi. 

Tantanali tadbirda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farhodjon Shermatov olis hududda joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan va harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari tibbiy taʼminotini mustahkamlash, yumushini oson qilish maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan sovgʻa tariqasida berilgan Damas rusumli tez tibbiy yordam maxsus avtomobili kalitini topshirdi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati