Koʻngli oʻksiklarga quvonch ulashgan harbiylar

0
633

Inson hamisha mehr-muruvvatga ehtiyoj sezib yashaydi. Arzimas buyum yoki bir ogʻiz aytilgan shirin soʻz ham koʻngilni obod etishi, uning hayotiga nur olib kirishi hech gap emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida Chirchiq shahrida joylashgan 14-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida bolajonlarga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan imtiyozlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda bilim yurtidagi taʻlim jarayonlari haqida maʻlumotlar berildi. Oʻquvchi yoshlar esa harbiylarga Vatan, doʻstlik, ota-ona hamda mehr-muruvvat mavzusidagi yod olgan sheʻrlarini aytib, ularni xushnid etishdi. Oʻz navbatida tadbir soʻngida bilim yurti rahbariyati tomonidan bolajonlarga sovgʻalar topshirildi.

Haqiqatdan bu bolajonlarni hayotga boʻlgan qiziqishlari va harakatlari har qanday insonni qalbini jumbushga keltiradi. Bu kabi tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni kuchaytirishi bilan birga barchani xayrli va savobli ishlarga undaydi.

Podpolkovnik Baxtiyor Pardayev, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti boshligʻining oʻrinbosari