Fransiyada harbiylar o’rtasidagi Jahon chempionati start oldi

0
600

Fransiya poytaxti Parij shahri 30-oktabr 4-noyabrgacha Harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

O‘z tarixida yubiley — 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Tarkibdan Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov, olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Hikmatulloh To‘rayev, Bekmurod Oltiboyev, Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova, shuningdek, iste’dodli dzyudochilarimiz joy olgan.

29-oktabr kuni Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda dzyudochilarimiz ham ishtirok etishdi. O‘zbekiston bayroqdori Muzaffarbek To‘raboyev, bayrog’ni sarbaland ko‘targan holda paraddan o‘tdi.

Bugun ayollar -48, -52, -57, -63 kg, erkaklar esa -60, -66 va -73 kg vazn toifalarida Jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi. Ertaga qolgan vaznlarda bellashuvlar tashkil etiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Shavkat Saitkulov
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Obidxon Nomonov
-81 kg: Hikmatulloh To‘rayev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva