“Komandir va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi

0
592

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax hamda Samarqand garnizonlarida joylashgan harbiy qism komandirlari va o’quvchi yoshlar o‘rtasida “Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Komandir va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan suhbatlarda oʻquvchilar harbiy degan sharafli kasbga erishish yoʻlidagi talablar haqida harbiy qism komandiridan toʻliq maʼlumotlar oldi.

Shuningdek, Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 17-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan uchrashuvda yoshlar Samarqand garnizonidagi harbiy qism komandiridan Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, muddatli harbiy xizmatga borish va harbiy xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldi.

Harbiy qism komandirlari yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, kelgusida harbiy sohada xizmat qilish niyatida boʻlgan yoshlarga oʻz maslahatlarini va esdalik sovg‘alarini berishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati