Markazda navbatdagi ilmiy-uslubiy konferensiya o’tkazildi

0
584

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “Zamonaviy  jangda artilleriyaning roli va ahamiyati” mavzusida ilmiy-uslubiy konferensiya o’tkazildi.

Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va oliy harbiy bilim yurtlari professor-o’qituvchilari, Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi, Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi artilleriya sikli va boshqa sikllar hamda  harbiy okruglar artilleriya boshliqlari, qism komandirlari, artilleriya bo’linma komandirlari ishtirok etishdi.

Konferensiyada ma’ruzachilar turli dolzarb masalalar bo’yicha ma’ruzalar qildilar, fikr-mulohaza yuritdilar va ayrim xulosalarda to’xtaldilar.

Konferensiyada kun tartibiga qo’yilgan barcha o’quv savollari, takliflar va qiziqarli savol-javoblar orqali interfaol usulda o’tkazildi. Konferensiya  ilmiy jihatdan o’z isbotini topdi. Konferensiya ishtirokchilari katta tajriba va malakalarga ega bo’ldilar hamda tadbirda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar Markaz boshlig’ining faxriy yorlig’i va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

kichik serjant  Xayrullo O’LMASOV