“Men ham harbiy boʻlaman” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

0
1072

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismlarning birida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida “Mening dadam harbiy”, “Men ham harbiy boʻlaman” mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

Unda harbiy xizmatchilarning farzandlari harbiy xizmatga oid oʻzlari chizgan rasmlari bilan bellashdi. Bellashuvni shaffof va murosasiz oʻtishi uchun mutasaddilar tomonidan Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rassom Abdugʻani Abdullayev taklif etildi.

Shuningdek, tadbirda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Davron Usmonov, xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis Hilola Turusmatova, Oʻzbekiston davlat satira teatri aktyori Bekzod Shoimov mehmon sifatida ishtirok etdi.

Mutaxassisning xulosasiga koʻra, 1-oʻrin Parizoda Shokirova, 2-oʻrin Dilsoʻz Toxirjonova, 3-oʻrin esa Nuriddin Karimovlarga nasib etdi. Gʻolib va sovrindorlarga diplomlar topshirildi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti