Oʻquvchi yoshlar Qurolli Kuchlar akademiyasi mehmoni boʻldi

0
621

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Vatanparvar oyligi” doirasida Toshkent viloyatida joylashgan 15 va 21 umumtaʼlim maktablarining 45 nafar oʻquvchi yoshlari ishtirokida “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ekskursiyalar boʻlib oʻtdi.

Tashrif davomida yoshlarga akademiyada yaratilgan sharoitlar, jumladan, oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, modellashtirish va simulyatsiya usullaridan foydalanib kelinayotgan sinf xonalari bilan, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari va ovqatlanish sharoitlari bilan hamda akademiya muzeyi bilan yaqindan tanishtirildi. Soʻngra jangovar texnikalar, oʻqotar qurollar, alpinizmda qoʻllaniladigan anjomlar, havo-desant parashutlari hamda muhandislik koʻrgazmalari namoyishi boʻlib oʻtdi.

 

Shundan soʻng akademiya harbiy xizmatchilarining farzandlari ishtirokida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab, “Mening armiyam — mening faxrim” mavzusida rasmlar chizish koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarning chizgan rasmlari hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, bolajonlarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismlarda ham “Milliy armiyamiz — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti