Qahramon o‘g‘lon xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

0
583

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 2000-yil mamlakatimizning janubiy sarhadlarida bir guruh jangarilarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan jasur oʻgʻlonlardan biri Otabek Muhammadiyev xotrasiga bagʻishlangan xotira tadbiri oʻtkazildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda hamkor tashkilotlar vakillari Otabek Muhammadiyev ta’lim olgan va uning byusti oʻrnatilgan maktabga tashrif buyurishdi. 

Ta’lim dargohida uning xotirasi yodga olinib, byusti poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Oʻqituvchilar, faxriylar, mahalla faollari va yoshlar bilan uning samarali faoliyati hamda xizmat davomidagi fidoiyligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.  

Shuningdek, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Xayrabod garnizoni harbiy xizmatchilari Denov tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urush qatnashchisi 95 yoshli Dosik bobo Meridov holidan xabar oldi.

Tumaning “Jomiy” mahallasida istiqomat qilayotgan urush qatnashchisi Dosik bobo Meridov xonadonida boʻlgan harbiy xizmatchilar hayoti jasoratga toʻla otaxon bilan dildan suhbatlashdi. Uning urush va urushdan keyingi yillardagi hayoti bilan yaqindan tanishdi. Koʻkragini turli orden va medallar bezab turgan urush qatnashchisi hozirgi tinch, farovon hayotga shukrona aytdi.

Garnizoni harbiy orkestr hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlarni ijro etib, otaxonni va u kishining yaqinlari qalbiga bir olam quvonch ulashdi.