Harbiy qismda “Ilhaq” filmi ijodkorlari bilan suhbat boʻlib oʻtdi

0
628

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda “Ilhaq” filmi ijodkorlari hamda harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.

Tadbirda film bosh qahramoni Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova urush va u keltirgan ayanchli oqibatlar haqida toʻxtalib, Zulfiya ona ham ana shunday ogʻir judolikni koʻrgan, matonat bilan bardosh bergan oʻzbek ayoli ekanligi toʻgʻrisida soʻzlab berdi. Bu filmda har bir aktyor oʻz rolini nafaqat mahorat bilan ijro etgani, balki oʻsha davr bilan hamohang yashaganliklarini aytib oʻtdi.

Taʼkidlab lozimki, mazkur film oʻzbek harbiy dramasi asosida yaratilgan boʻlib, unda Ikkinchi jahon urushi davrida besh farzandini yoʻqotgan Zulfiya onaning matonati haqida hikoya qilinadi.

Tadbir soʻnggida harbiy xizmatchilar uchun “Ilhaq” filmining eng taʼsirli epizodlaridan parchalar namoyish etildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti