Harbiy qismda askar onalari sharaflandi

0
755

Vatan tinchligini saqlash, tugʻilib oʻsgan zaminni qoʻriqlash er yigitlarning muqaddas burchi. Mamlakatimizda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan oʻtkazilayotgan qator madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ana shu burchni sadoqat bilan ado etayotganlar sharaflanmoqda.

Xususan, Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida ”Vatanparvarlik oyligi“ doirasi ”Milliy armiyamiz — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!“ shiori ostida “Askar onalarini sharaflaymiz!“ mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda yosh harbiy xizmatchilarning onalari o‘z farzandlari xizmat qilayotgan harbiy qismga tashrif buyurdi. Ular harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi o‘quv markazi bilan tanishib, farzandlari haqida komandirlardan rahmat eshitdi.

Harbiy qism hududida joylashgan “Vatanga qasamyod” monumenti va u yerdagi “Xotira burchagi”da shu aziz Vatan uchun jonini fido qilgan qahramonlarimizning siymosini koʻrgan onaxonlarning koʻzlariga beixtiyor yosh keldi va hozirgi yashab turgan hayotimizga shukronalar boʻlsin deya duolar qildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti