Yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

0
834

Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan Yangi yil bayramini kutib olish va oʻtkazish davrida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida yoʻl-transport hodisalarining olidini olish, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan Mudofaa vaziriligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi hamda garnizonlar Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi shaxsiy tarkibi tomonidan harbiy okruglar miqyosida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya etishi hamda harbiy va shaxsiy avtomobil texnikalarining texnik sozligi holatini oʻrganish boʻyicha joylardagi IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Tadbirlar davomida joylarda harbiy xizmatchilarning xizmat hamda shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish malakasi va bilim darajasi yana bir bor tekshirilib, ular tomonidan yoʻl qoʻyilishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.