“Yangi yil oqshomi” sahnasi harbiy qismlarga ko‘chdi

0
1115

Qish fasli kirib kelishi bilan Yangi yil bayramiga taraddud boshlanadi. Bu bayram, ayniqsa, bolalar uchun alohida ahamiyatga ega. Ota-onalar esa ta’tilga chiqqan bolajonlariga bayramona kayfiyat bag‘ishlash uchun ularni turli bayram tomoshalariga olib borishni istashadi.

Bayram arafasi harbiy xizmatchilar oilalariga yengillik yaratish maqsadida turli tomosha va ko‘ngilochar tadbirlar harbiy qismlarning o‘zida tashkil etilmoqda. Xususan, Markaziy harbiy okrugning barcha garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarida harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun viloyatlardagi qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlikda “Yangi yil oqshomi” sahnasi namoyish etilmoqda.

Tashkil etilgan bayram tadbirida ertak qahramonlari, Qorbobo va qorqiz ijrosidagi spektakl namoyishlari bolajonlarning qalbiga bir olam quvonch va shodlik olib kelyapti.

Shu bilan birga, okrug harbiy xizmatchilari bayram arafasi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. El ardogʻida boʻlgan nuroniylarimizga bayarm sogʻvalari ulashilib, ularning salomatligi koʻzdan kechirildi.

Yuksak eʼtibor va hurmatdan koʻngli togʻdek koʻtarilgan faxriylar tinch va osuda hayotimizga koʻz tegmasligini tilab, oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati