Kursantlar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi

0
735

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Oʻzbeksiton Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida Respublika maʻnaviyat va maʻrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda bilim yurti kursantlari, muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Respublika “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzosi Saodat Sulaymonova so‘zga chiqib, “Vatan muqaddas, uni himoya-qilish sharafli burch” mavzusida hamda Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Rahmatilla Sheraliyev “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusda maʻruza qilgan.

Shuningdek, Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida Yangi yil arafasida harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari madaniy xordiq ishlarini tashkillashtirish, dam olishlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Toshkent harbiy okrugining “Navqiron” guruhi ijodkorlari tomonidan bayram konsert dasturi namoyish etildi.

Bayram tadbiriga “Aloqachilar” harbiy qismi va Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari, harbiy xizmatchilar jalb etildi.