Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston ahliga bayram kayfiyatini ulashishni davom etmoqda

0
797

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Texnopark” masʼuliyati cheklangan jamiyat xodimlariga bayram kayfiyatini ulashdi. 

Tadbirda kompaniya ishchilarining aksariyati yoshlar ekani inobatga olingan holda dastlab “Vatanimga tayanchman” mavzusidagi vatanparvarlik soati tashkil etildi. Shundan keyin, akademiyaning harbiy orkestri va kursantlari ishtirokida koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, Nukus shahri aholisi va mehmonlariga Yangi yil bayramining shukuhini o‘zgacha ruhda ulashish uchun qorbobo kiyimidagi harbiy okrestr jamoalari bayram tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Xususan, kuni kecha Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari shahar markazidagi Amfiteatr oldida oʻrnatilgan Yangi yilning bosh archasi hamda “Mega Nukus” savdo-koʻngilochar markazi oldida bayramona konsert dasturlarini namoyish etdi.