Yosh leytenantlar bilan ta’lim jarayoni bo‘yicha onlayn muloqot o‘tkazildi

0
1042

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatini oʻtayotgan yosh leytenantlarning xizmat faoliyatini tahlil qilish va ularning fikr mulohazalarini eshitish bilan taʼlim jarayonidagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni yechimi boʻyicha onlayn muloqot oʻtkazildi.

Muloqotni bilim yurti boshligʻi polkovnik Shavkat Mamajonov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Muloqotda bilim yurti rahbariyati, malakali professor-oʻqituvchilari va boʻlinma komandirlari, shuningdek, harbiy okruglarda xizmat qilayotgan 250 dan ortiq yosh leytenantlar ishtirok etdi.

Mazkur muloqotda taʼlim jarayonida uchraydigan muammolar va buning oqibatida qoʻshinlarga borganda duch kelgan qiyinchiliklar boʻyicha yosh leytenantlardan 30 dan ortiq takliflar tushdi.

Muloqot orqali oʻqish davomida shu tizimda uchragan va davom etib kelayotgan tizimli muammolar, qoʻshinlarda zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar haqida fikr almashish hamda uni yechimi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarini tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Samarqand viloyati “Nuroniylar”, Yozuvchilar uyushmasi bo‘limlari vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamda davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etib, markazda serjantlarni, yani kichik komandirlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradigan samarali tizim yaratilgani, ular o‘z malakasi va mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib o‘rin egallayotganini qayd etdilar.

Markazni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga “Eng a’lochi mutaxassis” yorliqlari, navbatdagi unvonlar, sertifikat va ko‘krak nishonlari berildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti