Harbiy shaharchalarda oziq-ovqat yarmarkalari boshlandi

0
866

Yangi yil munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Bayramni koʻtarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida har bir xonadonda bayram dasturxoni yozilishi anʼanaga aylangan. Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan ushbu oziq-ovqat yarmarkasi sanitarik qoidalarga rioya qilgan holda tashkillashtirilmoqda. Yarmarkada harbiy xizmatchilar uchun bozor doʻkonlaridan past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek, kuni kecha Markaziy harbiy okrugining barcha garnizonlaridagi harbiy shaharchalarda viloyat, shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari boshlandi.

Har bir garnizondagi 40 dan ortiq tadbirkorning sifatli va arzonlashtirilgan mahsulotlari yarmarkasi Yangi yil arafasi tashkil etilgani harbiy shaharcha aholisi, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun ayni muddao boʻldi.

Yarmarkalardagi narxlar hamyonbop, bozordan 15-20 foiz arzon boʻlib, sifati barchaga birdek manzul bo‘lishi tabiiy, shuningdek, harbiy xizmatchilarning xizmat joyidan turib xarid qilishi orqali vaqtini tejaydi.

Ta’kidlash kerakki, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari qolgan harbiy qismlarda ham tashkillashtirilib kelinmoqda.