“Hayot” filmi ijodkorlari akademiya mehmoni boʻlishdi

0
582

Vatan uchun fidolik har bir inson uchun eng yuksak maqom va martabadir. Qurolli Kuchlar akademiyasida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida rejissyor Hilol Nasimovning “Hayot” filmi va undagi ijodiy jamoa vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Avvalo film kursantlarga namoyish etilgandan soʻng, kartina aktyorlari bilan yuzma-yuz savol-javoblar, oʻzaro muloqot boshlandi.

Film ssenariysi Iqbol Mirzo, Zulfiya Yunusova va Hilol Nasimov hamkorligida yozilgan. 2000-yil avgust oyida janubiy sarhadlarimizga bostirib kirmoqchi boʻlgan bir guruh terroristik guruhlar, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining yuksak jasoratlari barchamizga maʼlum. Filmda 2000-yildagi Sariosiyo voqealarida qatnashgan fargʻonalik Hayot ismli yigitning taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Ijodiy jamoa kinoasar tasvirga olinishining mashaqqati, harbiy xizmatchidarning jasurligi borasida qiziqarli voqealvrni kursantlarga soʻzlab berdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti