G‘alaba bog‘ida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolarining tantanali va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi

0
699

Toshkent shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadlariga a’zo bo‘lgan mingga yaqin yoshlar G‘alaba bog‘i majmuasida o‘tkazilgan tantanali va’da berish marosimida ishtirok etishdi.

Tadbirda Mudofaa ishlar boshqarmasi, faxriylar kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar Kengashi yetakchi yoshlari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Mudofaa vazirligi “Vatan tanyanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik Bahrom Zulfiqorov ushbu harakatga qabul qilingan o‘smirlarga tantanali va’danining mohiyati, uning ortidan otryad a’zosi zimmasiga yuklatiladigan mas’uliyat va javobgarlik, ona Vatanga sadoqat va fidoyilik borasida tushunchalar berib o‘tdi.

Marosimdan so‘ng mehmonlar uchun majmua bo‘ylab ekskursiya, kun davomida esa harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi hamda otryadning yosh a‘zolari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti