Muhim qarorlar qabul qilindi

0
2090

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan kuch tuzilmalari xodimlari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi kengashning 9 oylikka bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodir Xudoyberdiyev, mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Sarvar Mamayusupov qatnashdi.

Ma’ruza va hisobot chiqishlarida joriy yilning 9 oyida Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyati sarhisob qilindi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish maqsadi huquqbuzarlik jarayoni muntazam tahlil qilinib, amaliy tadbirlarni rejali, maqsadli hamda samarali tashkillashtirish, tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarda ilg‘or uslublardan foydalanish va boshqa masalalar yuzasidan aniq tavsiyalar bildirilib, yakunda tegishli qaror qabul qilindi.

Adliya podpolkovnigi Qobil ANORBOYEV