Prezident murojaati mutaxassislar muhokamasida

0
849

Har yili dekabr oyi soʻnggida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yil sarhisobi va yangi yil rejalari boʻyicha Oliy majlisga hamda Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnoma bilan chiqish qiladi. Davlat rahbarining 2017-yildan buyon davom etib kelayotgan anʼanaviy Murojaatnomasida erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, istiqboldagi amalga oshirilajak dasturlar, tashabbuslarga batafsil toʻxtalib oʻtishi har safar keng jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan qizgʻin kutib olinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yilgi mamlakat Oliy Majlis hamda Oʻzbekiston xalqiga murojaatida 2022-yilni gʻoyat murakkab va sinovli yil boʻldi deya eʼtirof etdi. Davlat rahbari bu safargi chiqishida xalqaro aloqalar, iqtisodiyot, mudofaa, sogʻlikni saqlash, ilm-fan, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, qurilish, madaniyat, sport turizm kabi oʻnlab sohalar faqat va faqat xalqimizning farovon hayot kechirishii uchun xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

Prezident Murojaatnomasi har safar butun xalqimiz tomonidan qizgʻin kutib olinishi bilan birga keng jaoatchilik va mutaxassislar tomonidan keng muhokama qilinadi.

Murojaatnomada sanab oʻtilgan yutuqlar, kamchiliklar, istiqboldagi dasturlar, tashabbuslar har tomonlama oʻrganiladi. Bugun Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi aʼzolari va harbiy xizmatchilar Prezident Murojaatnomasi har tomonlama muhokama qilindi.

Qoʻmita aʼzolari – Tavakkal Choriyev hamda Xazratqul Xoʻjamqulov oʻz chiqishlari davomida Shavkat Mirziyoyevning boshqa sohalar qatorida mamlakatimiz mudofaa tizimini yanada takomillashtirish haqida ilgari surgan tashabbuslarining mazmun-mohiyatini yigʻilganlar birgalikda muhokama qilishdi. Jamiyatimizning har bir boʻgʻinida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan gʻoya va rejalar har bir Oʻzbekiston fuqarosining konstitutsiyaviy, ijtimoiy, maʼnaviy huquqini himoyalashga qaratilgani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbarining kirib kelayotgan 2023-yilning “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinishi zamirida ham aynan yuqorida tilga olingan insonparvarlik gʻoyalariga asoslangan holda qaror qabul qilinganligi eʼtirof etildi. Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi aʼzolari bilan uyushtirilgan uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha murojaat qildilar.

Asror ROʻZIBOYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti