Milliy armiyamiz — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir

0
897

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonida harbiy xizmatchilar tomonidan Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.

Unda viloyat okrug mas’ul ofitserlari, “Nuroniylar” jamgʻarmasi, faxriylar kengashi aʼzolari, institut rahbariyati, talaba yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda harbiy qism faxriy qorovulning qoʻl jangi hamda harbiy orkestr jamoalari musiqiy chiqishlari ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. 

Albatta, okrug qoʻshinlarida har bir mahallayu umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilayotgan bunday maʼnaviy-madaniy tadbirlar, yoshlarimizni chinnakam vatanparvar boʻlib ulgʻayishlari uchun xizmat qiladi.

Yurtimiz boʻylab vatanparvarlik oyligi doirasidagi bu kabi tadbirlar oʻzgacha shukuh bilan davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati