Para oʻq otish sporti boʻyicha mamlakat chempionati oʻz nihoyasiga yetdi

0
495

Joriy yilning 19-20-dekabr kunlari Mudofaa vazirligi Sport markazi sport bazasida Para oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Mazkur chempionat qiziqarli va yorqin murosasiz kurashlarga boy tarzda oʻtdi. Shuningdek, mazkur chempionat mamlakat terma jamoasiga iqtidorli sportchilarni saralash va butlash vazifasini ham oʻtab berdi.

Chempionatning gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan medal, diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ergashev Otabek Maxmudovich va Mudofaa vazirligi Sport markazi mutasaddilari ishtirok etishdi.